Rasman: "Bavariya" navbatdagi transferni e'lon qildi

Mirjalol Normatov
8 fev 2019
"Bavariya" o'zining rasmiy saytida "Gamburg" futbolchisi Yann-Fit Arpning tranferini e'lon qildi.

Yaqindagina 19 yoshga kirgan forvard myunxenliklar tarkibiga yoki 2019 yilning yoki 2020 yilning yozida o'tishi mumkin. Demak, "Bavariya"ga qachon o'tishini Arpning o'zi belgilab oladi.

Arp bu mavsum "Gamburg" tarkibida 4 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FCBayernEN