Rasman: "Barselona" darvozaboni boshqa klubga o'tdi

Alisher
26 iyun 2019
"Barselona" darvozaboni Yasper Sillessen "Valensiya" klubi futbolchisiga aylandi.

Hozirgi paytda bitimning moliyaviy shartlari e'lon qilinmagan.

Oldinroq, "ko'rshapalaklar" va "ko'k-anorranglilar" Sillessen va Netularni almashtirishi haqidagi xabarlar yangragan edi.

Sillessen "Barselona"dan tashqari "NEK" va "Ayaks" klublarida to'p tepgan.

Posbon yakunlangan mavsum barcha musobaqalarda 19ta o'yinda maydonga tushgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/valenciacf