Rasman: BAA termasi bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi

Mirjalol Normatov
26 mar 2025
BAA futbol assotsiatsiyasi Paulu Bentuning iste'fosini e'lon qildi.

Rasmiy bayonotga ko'ra bosh murabbiy o'z yordamchilari bilan ishdan bo'shatilgan. Bunga termaning JCH saralashi doirasida Eronga uchragan mag'lubiyati sabab bo'lishi mumkin. Lekin kecha uning termasi KXDRni mag'lub qildi va jahon chempionatiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma uchun imkoniyatlarni saqlab qoldi.

Bentu 2023 yilning 9 iyul kunida BAA bosh murabbiyi etib tayinlangan va uning qo'l ostida 26 o'yinda qatnashib, 14 g'alaba, 5 durang va 7 mag'lubiyat qayd etdi.

Jamoa jahon chempionati saralash bosqichi "A" guruhida BAA termasi 8 o'yindan so'ng 13 ochko jamg'argan holda 3-o'rinda bormoqda. Amirliklar navbatdagi uchrashuvni 5 iyun kuni o'z maydonida O'zbekistonga qarshi o'tkazadi, so'ngra Qirg'iz Respublikasiga safar uyushtiradi.




Mirjalol NormatovMuallif
Manba: БАА футбол ассоциацияси