Rasman: Azizbek Amonov yana legionerga aylandi

Mirjalol Normatov
9 yanv 2024, 23:24
O'tgan mavsumni "Nasaf" tarkibida o'tkazgan Azizbek Amonov faoliyatini BAAda davom ettiradi.

"Xorfakkan" klubi matbuot xizmati Azizbek Amonovning transferini rasman e'lon qildi.

Ma'lumot uchun, Azizbek o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 39 o'yinda maydonga tushib, 9 gol va 8 assist qayd etdi.

26 yoshli futbolchi ikkinchi marta legionerga aylanmoqda. U 2022 yil qishida "Lokomotiv"dan Eronning "Istiqlol"iga ko'chib o'tgandi.

Ayni damda "Xorfakkan" klubida Abdulla Abdullaev ham faoliyat olib bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: instagram.com/khorfakkanfc/