Rasman: Azizbek Amonov - "Neftchi" a'zosi

Omonjon To`xtamirzayev
20 iyul 2024
Farg'onaning "Neftchi" klubi o'z tarkibiga tajribali yarim himoyachini qo'shib oldi.

"Ikkinchi davra oldidan jamoamiz katta transferni amalga oshirdi, jamoamiz safiga Azizbek Amonov kelib qo'shildi", - deb e'lon qildi Farg'ona klubi.

Azizbek Amanov 1997 yil 30 oktyabrda tug'ilgan, O'zbekiston milliy futbol terma jamoasi a'zosi, Amonov BAAning "Hor fakkan" klubida qanot yarim himoyachisi va hujumchi sifatida o'ynagan. 

Shuningdek, futbolchi faoliyati davomida "Lokomotiv",  "Buhoro",  "Istiqlol" (Eron)  va "Nasaf' jamoalarida to'p tepgan.

"Azizbek Amonovga jamoamizdagi faoliyati davomida omad yor bo'lishini tilab qolamiz!", - deyiladi klub xabarida. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Championat.asia