Rasman: "Ayntraxt" xaridni amalga oshirdi

Alisher
3 iyul 2019, 16:29
Germaniyaning "Ayntraxt" klubi Erik Durm bilan shartnoma imzoladi.

Erik Durm bungacha Angliyaning "Xaddersfild Taun" klubida o'ynayotgan edi. Tomonlar 2023 yilgacha, yani 4 yillik shartnomaga imzo chekishdi.

Qayd etish kerakki, bu transfer "Ayntraxt" uchun tekinga tushdi. Futbolchi ingliz klubiga 2018 yil 13 iyulda o'tgan edi.

Durm "Maync 05" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2013-2018 yillar davomida Dortmundning "Borussiya" klubida o'ynagan.

Futbolchi yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 32ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assistga erishgan.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/eintracht_eng