

Kolumbiya terma jamoasi va PSV Eyndxoven klubi o'ng qanot himoyachisi Santyago Arias "Atletiko"ga o'tdi. Bu haqda "matraschilar" matbuot xizmati xabar berdi. Shartnoma 5 yilga imzolandi.

"Transfermarkt.com" ma'lumotiga ko'ra, madridliklar 26 yoshli futbolchining xaridiga 11 million evro sarflashgan.



