Rasman: Ashraf Xakimi – PSJ a'zosi!

Sherzod Nurmatov
6 iyul 2021, 21:39
O'yinchi roppa-rosa bir yildan keyin "Inter"ni tark etdi.

Marokashlik lateral rasman PSJ futbolchisi sifatida tanishtirildi. Italiya chempioni moliyaviy qiyinchiliklar sabab uni sotishga majbur bo'ldi.

Parij klubi transferni rasman tasdiqladi. 

22 yoshli himoyachi uchun 60 million evro + bonus sifatida 11 million evro to'lanadi. Shartnoma 2026 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.

Xakimi o'tgan mavsumda 45 o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 11 ta golli pas uzatdi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: psg.fr