Rasman: "Arsenal" hujumchisi safdan chiqdi

Tolibjon Qosimov
13 fev 2018
"Arsenal" hujumchisi Aleksandr Lakazett tizzasidagi muammo sabab safdan chiqdi.

London klubi rasmiy saytining xabar berishicha, forvard bugun ertalab Londonda chap tizzasini tekshiruvdan o'tkazdi va endi tiklanish jarayonidan o'tadi. Futbolchining sayga qaytishi uchun 4-6 hafta kyetishi mumkin.

26 yoshli Lakazett "kanonirlar" safida 29ta o'yin o'tkazdi va to'qqizta gol urib, to'rtta golli pas berdi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: arsenal.com