Aleksandr Lakazett yozda "Lion"ni tark etmoqchi

Tolibjon Qosimov
6 fev 2017
"Lion" jamoasi hujumchisi Aleksandr Lakazett Fransiya chempionati 23-turi doirasida "Sent-Eten"ga qarshi o'yin (0:2)dan oldin yozda klubdan kyetishini aytib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, oldinroq futbolchiga "Arsenal" 40 million evrolik taklif bilan chiqqan edi. Lekin, francuzlar muzokara o'tkazishdan bosh tortishgan.

"O'ylashimcha, katta ehtimol bilan ushbu yozda men kelajakdagi o'sishim uchun klubimni o'zgartiraman", - deb aytib o'tdi Lakazett "Canal+" telekanali efirida.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Canal+