

OAVga ko'ra, 31 yoshli daniyalik futbolchining transfer summasi 11 million evrona tashkil etgan.

Qayd etilishicha, o'yinchi yangi jamoasida 16-raqamli futbolkani olgan. Uning "kanonirlar" bilan shartnomasi shartlari oshkor qilinmayapti.
31 yoshli yarim himoyachi "Brentford" sardori edi va 2019 yilning yozidan buyon shu jamoada o'ynab kelayotgandi. Umuman olganda, Kristian "asalarilar" safida 196 o'yin o'tkazib, 13 ta gol va 18 ta golli uzatmasha mualliflik qilgan.



