Rasman: Alisher Salimov – "Qo'qon-1912" futbolchisi

Sherzod Nurmatov
3 yanv 2025, 15:53
Jamoaning mavsumoldi selekciya ishlari davom etmoqda.

"Qo'qon-1912" jamoasi tajribali va mahoratli qanot himoyachisi Alisher Salimov bilan shartnoma imzoladi. Kelishuv 1 yilga mo'ljallangan.

Tug'ilgan sanasi: 22.07.1999

Ampluasi: Qanot himoyachi

Faoliyat olib brogan jamoalari: "Paxtakor", "Surxon", "Lokomotiv", "So'g'diyona"

O'zbekiston U-21 va U-23 terma jamoalarida harakat qilgan.

"Qo'qon-1912" jamoasi bosh murabbiyi Bahrom aka Haydarov bilan gaplashganimdan so'ng uydagilar bilan maslahatlashdim. "Qo'qon-1012" jamoasiga o'tish faoliyatim uchun to'g'ri qaror bo'ladi deb hisobladik va mana endi men "Qo'qon-1912" jamoasining yangi a'zosiman.

Yangi mavsumda o'z oldimga qo'ygan maqsadlarim etarli va bularni amalaga oshirishga harakat qilaman. Shuningdek, o'yinlarim bilan qo'qonlik futbol muxlislarini xursand qilishga intilaman", – dedi Salimov.

So'g'diyona futbolchisi Qo'qon-1912ga o'tishga yaqin

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати