Rasman: "Al Nassr" 90 millionlik transfer amalga oshirdi

Mirjalol Normatov
1 fev 2025
Jon Duran 90 million evro evaziga "Al Nassr"ga o'tdi

Oldinroq mashhur insayderlar "Al Nassr" 21 yoshli futbolchi bilan kelishuvga erishganini va transfer 77 million, bonuslar esa 13 million evroga baholanganini ma'lum qilishgandi.

Duran yangi klubi bilan 5 yarim yillik shartnoma imzoladi. Ushbu mavsumda kolumbiyalik futbolchi APLning 20 o'yinida 7 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/AlNassrFC_EN