Rasman: "Al Ittihod" futbolchisi Top-5ga qaytdi

Tolibjon Qosimov
8 yanv 2025, 12:00
Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubi himoyachisi Luis Felipe Tor-5 chempionatga qaytdi.

27 yoshli asli braziliyalik, lekin Italiya fuqarosi hisoblangan markaziy himoyachi Fransiyaning "Marsel" jamoasiga erkin agent sifatida o'tdi. Tomonlar 2026 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan shartnoma imzolashdi.

Luis Felipe 2023 yilning sentyabr oyida "Betis"dan "Al Ittihod"ga 22 mln evro evaziga o'tgan edi. Saudiya klubi safida u 28ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: x.com/OM_Officiel