Rasman: Aguero yuragidagi muammo sabab uch oyga safdan chiqdi

Aslanov Jasurbek
2 noya 2021, 00:50
Klub futbolchining sog'lig'i haqida bayonot bilan chiqdi.

"Barselona" klubi hujumchisi Serxio Aguero uzoq muddatga safdan chiqdi. Futbolchi La Liga doirasida, "Alaves"ga qarshi o'yinning 41-daqiqasida ko'krak qafasidagi noqulaylik tufayli maydonni tark etgandi.

Klubning ma'lum qilishicha, Aguero yuragidagi muammo sabab eng kamida uch oyga safdan chiqdi. Tiklanish tempi futbolchining ahvoli yaxshilanishiga bog'liq. Uyinchi bir necha kunni shifoxonada o'tkazgandi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: www.barcelona.com