Rasman: Abdumannopov yana "Navbahor"ga qaytdi

Mirjalol Normatov
30 iyul 2023
Mahoratli yarim himoyachi Doniyor Abdumannopov "Navbahor" bilan shartnoma imzoladi.

Abdumannopov 2000 yil, 12 oktyabrda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug'ilgan.  

Doniyor Abdumannopov katta futboldagi faoliyatini 2016 yili Toshkentning “Bunyodkor” jamoasida  boshlagan va poytaxtliklar tarkibida bir mavsum o'ynagan.

2017–2020 yillarda esa “Andijon” (Andijon) tarkibida to'p tepgan.   

Shundan so'ng, futbolchi faoliyatini xorijda davom ettiradi va 2021 yilgi mavsumni Belarusning “Energetik - BGU” (Minsk) jamoasida o'tkazadi. 

O'tgan mavsumning 1-davrasida “So'g'diyona” (Jizzax)da o'ynagan mahoratli yarim himoyachi 2-davrada “Navbahor” sharafini himoya qilgandi. 

Doniyor Abdumannopov joriy mavsumning 1-davrasini “Bunyodkor”da o'tkazib, “qaldirg'ochlar” safida 13 ta o'yinda maydonga tushgan holda, 1 ta gol uri, 2 tag golga assistentlik qildi. 


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати