Rasman: 2021 yilgi o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatlari bekor qilindi

Eldor Akmurzayev
24 dek 2020, 21:00
Bu haqda FIFA rasmiy sayti orqali xabar berildi.

Manbaga ko'ra, 2021 yil Peruda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan o'smirlar (U-17) o'rtasidagi jahon chempionati va Indoneziya yashil maydonlarida o'tkazilishi rejalashtirilgan 20 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi mundial bekor qilindi. Mezbonlik huquqi esa 2023 yilgi musobaqalarga saqlanib qolindi.

O'smirlar va yoshlar o'rtasidagi JCHlari bekor qilinishi koronavirus pandemiyasi ta’siri bilan bog'liq. Qaror barcha manfaatdor tomonlar, jumladan, musobaqa mezbonlari bilan kelishgan holda qabul qilindi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ФИФА