Rashid G'ofurov: "Yigitlarni taniy olmadim. Hakamlik haqida gapirishni istamayman ham"

Administrator
2 avg 2023, 22:26
Pro-liga 12-turidan o'rin olgan "Aral" - "Navbahor-farm" (3:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Rashid G'ofurov matbuot anjumanida ishtirok etdi.



O'yin haqida

- Albatta, "Aral" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Bugun yigitlarni taniy olmadim. Uzoq yo'l, charchoq kabi xolatlar bahona bo'lmasligi kerak. Agar "Qo'qon-1912" bilan o'rtoqlik uchrashuvidagi kabi harakat qilganimizda ham bugun g'alaba qozona olardik deb o'ylayman. Bu erga kelib yutib ketgan jamoalar ham bor. "Aral" ishtiyoq borasida ustundek ko'rindi va haqli g'alabaga erishdi.

- Hakamlik haqida nimalarni ayta olasiz?

- Hakamlik haqida gapirish mening vakolatimga kirmaydi. Ularning ishini nazorat qiladiganlar bor, o'zlari baho berishsin. Har kimning o'z vijdoniga havola, hakamlik haqida gapirishni istamayman ham.

- Jamoalar o'rtasidagi o'yinlarda durang natijalar qayd etilayotgandi. Bugungi hisob kutilmagan bo'ldimi?

- Ha, bugungacha "Aral" bilan o'yinlarda durang natijalar qayd etilayotgan edi. Bu jamoa bilan ikki mavsumdan buyon to'qnash kelayotgandik. Bugun bizda yosh yigitlarning hisobiga yutib ketamiz deb o'ylagandim, yakun bunday bo'lmadi.

- Davralar oralig'idagi transferlardan ko'nglingiz to'ldimi?

- Bizda Pro-liga chempioni bo'lib Superligaga chiqish vazifasi yo'q. Jamoa tarkibida ko'zga ko'ringan futbolchilarni katta klublarga etkazib beramiz. Albatta, "Navbahor"ning o'zidan ortsa. Hozir tarkibni asosan o'zimizdan, mahalliy futbolchilardan shakllantirganmiz.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia