Rashfordning maoshi 2 baravarga oshishi mumkin

Aslanov Jasurbek
21 noya 2018
"Manchester Yunayted" rahbariyati jamoa hujumchisi Markus Rashfordning maoshini ikki baravar oshirishga tayyor.

Futbolchining ayni damdagi haftalik maoshi 80 ming evro.

Oldinroq, "Yuventus" MYU hujumchisiga jiddiy qiziqish bildirgani e'lon qilingan edi.

"Yunayted" ijrochi direktori Ed Vudvord Rashfordni jamoada saqlab qolish uchun hamma ishga tayyor. Yaqin vaqt ichida mankunianlar 21 yoshli hujumchi bilan muzokarlarni boshlashadi.

MYU va Rashford o'rtasidagi bitim 2020 yilning yozida yakuniga etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Stаr