Rangnik tez orada "Manchester Yunayted" bosh murabbiyiga aylanadi, biroq mavsum yakunlangach, boshqa lavozimga o'tkaziladi

Aslanov Jasurbek
26 noya 2021, 21:52
Ralf Rangnik tez orada "Manchester Yunayted" bosh murabbiyiga aylanadi.

Manbaning xabariga ko'ra, ingliz klubi germaniyalik mutaxassisning transferi borasida "Lokomotiv" bilan principial kelishuvga erishgan.

Rangnik mavsumning qolgan qismida jamoani boshqaradi.

Shartnomada mavsum tugaganidan keyin klubda ikki yil maslahatchi sifatida ishlash ham ko'zda tutilgan.

Qayd etilishicha, ushbu band bilan shaxsan "Manchester Yunayted" vice-prezidenti Ed Vudvord qiziqqan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports