

"Manchester Yunayted" klubi amaldagi bosh murabbiyi Ralf Rangnik Avstriya terma jamoasini boshqarishga rozilik berdi. Juma kuni murabbiyning nomzodi Avctriya futbol federatsiyasi yig'ilishida ko'rib chiqiladi. Agarda Rangnikning nomzodi ilgari surilsa, shu kunning o'zidayoq rasman bu haqida e'lon qilinadi.
Ma'lumot uchun, avvalroq jamoaga ten Xag kelganidan so'ng, Rangnik klubda maslahatchi lavozimida faoliyat olib borishi aytilgandi.



