Rangnik Marsyal haqidagi xabarni tasdiqladi

Eldor Akmurzayev
27 dek 2021, 09:45
“Manchester Yunayted” hujumchisi Antoni Marsyal yanvarda jamoani tark etmoqchi. Bu xabarni Ralf Rangnik ham tasdiqladi.

“Antoni ketmoqchi. U menga o'zgarish vaqti kelgani haqida o'ylayotganini aytdi. Menga ma'lum bo'lishicha, unga boshqa klubdan taklif bo'lmagan. Vaziyat o'zgarmaguncha u jamoada qoladi”, deydi Rangnik.

Avvalroq, Marsyalga “Yuventus”, “Atletiko”, “Barselona”, "Sevilya" hamda "Nyukasl" qiziqish bildirgan aytilgandi. 26 yoshli futbolchi joriy mavsum APLda 7 o'yinda qatnashib, bitta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC Sport