Rangnik jamoasining o'yinidan mamnun emas

Mirjalol Normatov
17 apr 2022
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik APLning 33-turi doirasida "Norvich"ga qarshi o'yindan keyin shogirdlarining o'yinidan mamnun bo'lmaganini aytdi.

"O'tkazib yuborgan gollarimizga, ayniqsa, birinchi golga qaraydigan bo'lsak, biz shunchaki to'pni ushlab turishda qo'pol xatoga yo'l qo'ydik. Qachonki ishlar jismoniy holatga bog'liq bo'lsa, biz qattiqroq, agressivroq o'ynashimiz kerak, biroq bizda unday bo'lmadi.

Fikrimcha, ligada bunday oson gol o'tkazib yuboradigan jamoa faqatgina biz bo'lsak kerak.

Aqlliroq himoyalanishimiz, raqiblar hujumda to'rtga ikki yoki uchga ikki chiqib kelishlariga yo'l qo'ymasligimiz kerak. To'g'risini aytaman, "Norvich" kutilganidan ko'ra ertaroq gol urishi ham mumkin edi. Shu sababli bugungi o'yindan mamnun emasman", - dedi mutaxassis.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports