Raneri: "Inter" Modrich transferiga e'tibor qaratib, boshqa variantlarni unutib qo'ydi"

Aslanov Jasurbek
28 avg 2018
"Yuventus", "Inter", "Roma" va "Lester Siti" sobiq ustozi Klaudio Raneri nerazzurilarning A Seriya startidagi o'yiniga baho berdi.

Luchano Spalletti shogirdlari Italiya chempionatining birinchi turida "Sassuolo"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'lishdi, 2-turda esa "Torino" bilan durang qayd etishdi (2:2).

"Hozir "Inter"da o'tgan yilgi muammolar bor. Spalletti to'g'ri yo'lni topishi kerak. "Torino"ga qarshi bahsning birinchi yarmi ajoyib o'tdi, ammo keyin hammasi o'zgardi.

Modrichning transferiga oid serial haqida gapiradigan bo'lsam, u "Inter"ga ta’sir qildi. Xorvatiyalikka e'tibor qaratgan klub boshqa variantlar haqida unutib qo'ydi" - deydi Raneri.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Lа Gazzetta dello Sport