Ramos "Vilyareal" va "Inter"ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi

Mirjalol Normatov
19 noya 2020, 22:55
"Real" sardori Serxio Ramosning Ispaniya termasi tarkibida olgan jarohati borasidagi ma'lumotlar berildi.

"Marca" xabariga ko'ra, himoyachining son sohasi orqa qismi mushaklari jiddiy shikastlangan. Shu sababli u "Vilyareal" va "Inter"ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.

Klubdagilar uning 1 dekabr kuni "Shaxtyor"ga qarshi bo'ladigan o'yinga qadar safga qaytishiga umid qilmoqda. Biroq uning qaytishi vaqti hali ham so'roq ostida turibdi.

Ramos Germaniya termasiga qarshi o'yinda jarohat olib, 42-daqiqada zaxiraga olingandi. U ushbu mavsumda Laligada 8 o'yinda qatnashib, 2ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca