Ramos va Marselo "Real" safida 22-sovrinni qo'lga kiritishdi. Xentoning rekordiga bir qadam qoldi

Omonjon To`xtamirzayev
17 iyul 2020, 02:51
"Real Madrid" rasman La Liganing 2019/20-yilgi mavsum chempioniga aylandi.

Ushbu sovrin himoyachilar Marselo va Serxio Ramos uchun "Qirollik klubi" safidagi 22-kubok bo'ldi (5 bor Ispaniya chempioni, 4 marta YCHL g'olibi, 2 marta Ispaniya Kubogi egasi, 4 martadan Ispaniya Superkubogi va klublar o'rtasida jahon chempioni va 3 marta Yevropa Superkubogi sohibi).

Bu ko'rsatkich bo'yicha ular madridliklarning sobiq himoyachisi Manolo Sanchis (22 kubok) bilan endilikda ikkinchi pog'onani bo'lishib turishibdi. Ulardan faqatgina Fransisko Xento ko'proq (23) titul yutgan.


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia