Ramos uchun mavsum yakunlangan bo'lishi mumkin

Mirjalol Normatov
9 may 2021, 18:56
"Real" sardori Serxio Ramos ushbu mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishi mumkin.

Futbolchining chap oyog'ida jiddiy muammolar bor. Uning qachon safga qaytishi ma'lum emas. Shu boisdan AS nashri uning mavsum yakuniga qadar safdan chiqqanini ma'lum qilmoqda. Shunisi aniqki, futbolchi "Sevilya"ga qarshi bahsda o'ynamaydi.

Ramos YCHL doirasida "Chelsi"ga qarshi javob bahsida jarohatdan qaytib ilk marta maydonga tushgandi. Bu uning holatini og'irlashtirib yuborgan.

Ushbu mavsumda 35 yoshli markaziy himoyachi barcha turnirlarda 21 o'yinda o'ynab, 4 gol va 1 assistni hisobiga yozdirib qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal