Ramos qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum

Eldor Akmurzayev
1 apr 2021, 19:40
“Real” rasmiy sayti jamoa sardori Serxio Ramos jarohat olgani haqida xabar berdi.

35 yoshli himoyachining oyoq mushaklari shikastlangan.

Jurnalist Xose Luis Sanches xabar berishicha, Ramos 1 oyga safdan chiqqan.

U YCHL 1/4 finalidan o'rin olgan “Liverpul”ga qarshi ikkala o'yinni va 10 apreldagi “Barselona” bilan “El Klasiko”ni ham o'tkazib yuboradi.

Ispaniyalikning o'zi ham Instagram'dagi rasmiy sahifasi orqali oldindagi muhim uchrashuvlarda jamoasiga yordam berolmasligini tasdiqladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: realmadrid.com