Ramos: "Messi va Ronaldu kabi o'zga sayyoraliklar orasida "Oltin to'p"ga da'vogarlik qilish qiyin"

Aslanov Jasurbek
31 may 2017, 18:45
"Real" himoyachisi Serxio Ramos "Oltin to'p"ga ega chiqishiga ishonmaydi.

"Messi va Ronaldudek o'zga sayyoraliklar orasida "Oltin to'p"ga da'vogarlik qilishim qiyin. Sen ispaniyalik bo'lsang, bu sovrinni olish ikki baravar og'ir. Kuchli uchlikka kirishdan xursand bo'lardim.

Zidan borasida to'xtaladigan bo'lsam, u futbolchi bo'lgani foyda bermoqda. Zidan ko'p maslahat beradi. U muhim deb hisoblagan deyarli barcha savolga javob beradi va albatta, o'zining takrorlanmas tabassumi bilan" - deydi Ramos.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Onda Cero