Ramos La Ligadagi shaxsiy rekordini takrorladi

22 iyun 2020, 09:17
“Real Madrid” La Liga 30-turida “Real Sosedad” ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Madridliklarning 1-goliga mualliflik qilgan Serxio Ramos uchun bu La Liga joriy mavsumidagi 7-gol bo'ldi. Natijada Ramos o'zining La Ligadagi gollar bo'yicha shaxsiy rekordini takrorladi. Serxio 2016/17 yilgi mavsumda ham Ispaniya chempionatida 7 ta gol urgandi.

Joriy mavsum Ramos 4 ta golini penaltidan urdi. 2016/17 yilgi mavsumda esa barcha golini o'yindan urgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Twitter/PedroMartin