Ramos Ispaniya chempionatidagi yubiley g'alabasini qo'lga kiritdi

Aslanov Jasurbek
16 mar 2019, 23:12
LaLiganing 29-turi doirasidagi “Real” va “Selta” uchrashuvida (2:0) maydonga tushgan "blankos” sardori chempionatdagi o'zining yubiley 300 g'alabasiga erishdi.

Primerodagi zafarlar bo'yicha esa Ramosdan yuqori o'rinda quyidagi futbolchilar bor:

1. Iker Kasilyas – 334ta g'alaba;

2. Andoni Subisarreta – 333;

3. Lionel Messi – 332;

4. Raul – 327;

5. Xavi – 322;

6-7. Manuel Sanchis va Andres Inesta – 312tadan. 

Ma'lumot o'rnida, 32 yoshli himoyachi 300ta g'alabaning 19tasini "Sevilya" libosida, qolgan 281tasini esa “qaymoqranglilar” safida qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena COPE