Ramos: "Hamma "Real" 3:0 hisobida g'alaba qozonishni kutadi, ammo bu qiyin"

Aslanov Jasurbek
26 apr 2018, 10:31
"Real" himoyachisi Serxio Ramos "Bavariya" ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.

"Doimo 3:0 hisobida g'alaba qozonishimizni kutishadi, ammo bu qiyin. "Bavariya" - ajoyib jamoa, ularni juda hurmat qilaman. Hali hech narsa aniq emas.

Lukas Vaskesning mehnatiga yuqori baho berish kerak. Asensio ham biz uchun juda muhim" - deydi Ramos.

Eslatib o'tamiz, ushbu jamoalar o'rtasidagi javob o'yini 1 may kuni Madridda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca