Ramos: Del Boske juda katta hurmatga loyiq"

4 iyun 2016, 23:30
Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Serxio Ramos "Qizil furiya" bosh murabbiyi Del Boskening qarorlarini hurmat qilishga chaqirdi.


"Men Del Boske e'lon qilgan yakuniy tarkibni tahlil qilishni istamasdim. Visente Del Boske katta hurmatga loyiq. U o'z ishini qoyilmaqom tarzda uddalamoqda. Yakuniy tarkibdan o'rin ololmagan futbolchilar ham Yevropa chempionatiga borishga munosib edilar. Lekin murabbiyning tanlovini hurmat qilish lozim", - dedi Ramos.


O'xshash yangiliklar


Manba: As нашри