

“Bavariya” haqida o'ylasam, 2014 yil gol urgan (“Real” Myunxenda 4:0 hisobida yutgan, Ramos dublga erishgan) o'yinni eslayman. Albatta, bu bizga tushgan eng yaxshi jamoalardan biri ekanligini tushunamiz, bu juda katta chaqiruv. Biroq, ularni mag'lub etish dunyoning qolgan qismiga ijobiy xabar bo'ladi. Chempionlar Ligasini yutish uchun eng zo'rlarini yutish kerak. “Bavariya” esa har yili eng yaxshilari qatorida bo'ladi.
Jamoamizda ko'plab yulduzlar, dunyoning eng yaxshi futbolchilari bor. Biroq, g'alabalarga birgalikda erishiladi va barchamiz bir maqsad sari intilamiz. Agar jamoa g'olib bo'lsa, futbolchilar shaxsiy ambiciyalarini unutishadi. Bu mavsumdagi vazifamiz birlashib, bor kuchimizni ko'rsatish va muvozanatlashgan jamoa bo'lib qolishdir. Bu tarkibda bir yulduz bo'lishidan ko'ra muhimroq”, deydi Ramos.



