Ramos 2018 yilning may oyidan buyon ilk bor penaltini golga aylantira olmadi

15 noya 2020, 07:58
“Real” va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Serxio Ramos 2018 yilning may oyidan buyon ilk marta penaltini aniq amalga oshira olmadi, deya xabar bermoqda Gracenote Live.

Ispaniyaliklar sardori Millatlar ligasi turnirida Shveytsariyaga (1:1) qarshi bahsda bir emas, ikki bor belgilangan penaltidan samarali foydalana olmadi. Bungacha Ramos 25 marta belgilangan penaltini aniq amalsha oshirib, bu boradagi rekordchi – 2010 yil fevralidan 2012 yil apreliga qadar 26 marta penaltini gol aylantirgan Ronalduga yaqinlashib olgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gracenote Live