Ralf Rangnik: "Kiyim almashtirish xonasidagi holat ajoyib"

Mirjalol Normatov
23 yanv 2022, 10:45
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik "Vest Xem"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

"Kiyim almashtirish xonasidagi atmosfera ajoyib! Yigitlar haqli g'alabani nishonlashmoqda. Ular bu g'alabaning qanchalar muhimligini yaxshi bilishadi.

Ha, raqib darvozasi oldida doim ham kerakli qarorlarni chiqara olmayapmiz. Ammo so'nggi 20 daqiqa mobaynida biz juda katta bosim uyushtirdik va zarbalar yo'lladik. O'shanda sabrliroq bo'lish kerakligini aytdim. Yakunda uch ochkoni qo'lga kiritdik.

So'nggi 15 daqiqalikda juda katta tavakkalga qo'l urdik. Futbolchilar g'alaba uchun harakat qilishdi. So'nggi daqiqadagi goldan mamnunman. Bunga munosib edik", - dedi Rangnik.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal