Rakitich: "PSJga qarshi bahsda mo'jiza yuz beradi degan umiddaman"

Aslanov Jasurbek
5 mar 2017, 15:49
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich "Selta" ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.

"Biz qarshi turish qiyin bo'lgan jamoani mag'lub etdik. Asosiysi biz harakatda echim izlashda davom etmoqdamiz. "Selta"ga muammolar tug'dirish uchun uzatmalar uslubini o'zgartirishga qaror qildik.

PSJga qarshi bahs borasida gapiradigan bo'lsam, ko'ramiz, u qanday yakunlanar ekan. Biz muxlislardan minnatdormiz va ilk daqiqadan uchrashuv oxirigacha maydonda bor kuchimizni ishga solamiz. Mo'jiza yuz beradi deb umid qilamiz" - deydi Rakitich.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana