Rakitich: "Messi tarixdagi eng zo'ri bo'lib qoladi, lekin bu Modrichning yili bo'ldi"

Tolibjon Qosimov
11 sen 2018, 12:20
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich uning "Real"da to'p tepadigan hamyurti Luka Modrich yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilishiga ishonmoqda.

"Men sizga aynan bu yil kim eng zo'r yoki yomon bo'lgani haqida gapirishim mumkin. Chunki, Messi tarixda eng zo'ri bo'lib qoladi. Hatto, 10 yoshli bolakay ham buni sizga aytishi mumkin. Lekin, bu Modrichning yili bo'ldi. Agar uni eng yaxshi deb topishmasa, unda yana nima qilish kerak, bilmadim. Ko'rinib turibdi, sovrin uniki bo'lishi kerak", - deya Rakitichning so'zlarini keltirdi "A Bola" nashri.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: A Bola