Rakitich: "Messi penaltini Neymarga berdi? "Barselona" - katta bir oila"

Aslanov Jasurbek
3 may 2015, 11:54
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich "Kordova"ga qarshi uchrashuv (8:0) haqida o'z fikrini bildirdi.

"Doimo birinchi gol muhim bo'lgan va bu ishni men uddalaganimdan xursandman. Bizga oson bo'lgani yo'q, chunki "Kordova" himoyada juda yaxshi harakat qildi, ammo baribir maqsadimizga erishdik.

Messi penaltini Neymarga berdi? Bu jamoadagi munosabatlar juda yaxshi ekanidan darak beradi. Biz katta bir oilamiz" - deydi Rakitich.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com