Rayola: "Gvardiola o'z aybini tan olmaydi"

Zlatan Ibragimovichning agenti Mino Rayola "Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiolani keskin tanqid qildi.

Zlatan "Inter"da qirol edi. Keyin u "Barselona"ga o'tdi va hech kim bo'lib qoldi. Gvardioladan so'rasangiz, u o'z aybini tan olmaydi. Bu unga qattiq zarba bo'lardi. Siz agarda futbolchi uchun 79 million to'lasangiz-u, ammo uni maydonga tushirmasangiz, bu nafaqat tentaklik va balki moliyaviy jihatdan ham klub uchun zarar bo'ladi.


Manba: soccer.ru