Rafinya: "Messi - jahonning eng yaxshi futbolchisi, maydonda uch daqiqa va gol"

Aslanov Jasurbek
16 okt 2016, 15:49
"Barselona" yarim himoyachisi Rafinya Alkantara "Deportivo" ustidan qozonilgan g'alaba (4:0) haqida fikr bildirdi.

Lionel Messi 55-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va 3 daqiqa o'tib gol urdi.

"Deportivo" himoyada o'ynadi. Bunday himoyani yorib o'tish qiyin. Birinchi golni urish qiyin bo'lishini bildik. Boshqa poziciyada o'ynash - odatiy ish, chunki bo'sh hudud yaratish uchun doimo poziciyalarni almashtirib turamiz.

Messi - jahonning eng yaxshi futbolchisi. Maydonda uch daqiqa va gol" - deydi Rafinya.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Movistar