Rafael Varan faoliyatini qayerda davom ettirish borasida bir qarorga keldi

Nozimov Nig'monxo'ja
26 dek 2023
“Manchester Yunayted” himoyachisi Rafael Varan qishda jamoani tark etmoqchi.

Fransiyalik futbolchi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishga qaror qildi.

30 yoshli futbolchi joriy mavsum MYU safida 14 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Avvalroq, Varan “Real Madrid”ga qaytishga rozi ekanligini ma'lum qilgandi. Biroq madridliklar Fransiyalik futbolchining xizmatiga muhtoj emasligini ma'lum qilishdi.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com