Rafael: "Lui van Gal menga bir daqiqadayoq jamoadan ketishim kerakligini aytgandi"

Mirjalol Normatov
19 apr 2018, 14:35
"Lion" himoyachisi Rafael "Manchester Yunayted"dan ketgani haqida gapirdi.

"MYU Van Gal jamoaga bosh murabbiy bo'lishini ma'lum qilgach, to'rt-besh nafar futbolchi u bilan chiqisha olmasligini aytishdi. Ular "Barselona"da Rivaldo bilan bo'lgan voqealarni eslatib, van Gal braziliyaliklarni yoqtirmasligini tushuntirishdi.

Vaziyat ular aytgandek bo'ldi. Ilk mavsumdayoq van Gal menga jamoadan ketishimni aytdi. U menga: "Vaqt ketdi, bir daqiqadayoq bu yerdan ket", degandi. Undan tashqari futbolni tushunmasligimni, "Manchester Yunayted" futbolchisi bo'lmasligimni ham aytgandi", - dedi Rafael.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sportskeeda.com