Rafael Benites: “Jamoa juda yaxshi o'yin namoyish etdi”

13 fev 2014, 10:35
“Napoli” bosh murabbiyi Rafael Benites jamoasining Italiya Kubogi doirasida “Roma”ga qarshi o'yinda g'alaba qozonganini (3:0) izohlab o'tdi (birinchi o'yin – 2:3).

“Jamoa juda yaxshi o'yin namoyish etdi. Himoyada yaxshi harakat qilib hujumga o'tdik va uchta gol urishga erishdik.

Ushbu g'alaba bizga “A” seriyasining keyingi o'yinlarda ham ijobiy ta’sir qiladi deb umid qilaman”, - deydi mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, “Napoli” Italiya Kuboki finali doirasida “Fiorentina”ga qarshi maydonga tushadi.


Manba: sports.ru