Rafael Benites: "Real"dagi darvozabonlardan ko'nglim to'q"

Aslanov Jasurbek
4 avg 2015
"Real" bosh murabbiyi Rafael Benites "Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xea xaridi haqidagi mish-mishlarga izoh berishni istamadi.

"Boshqa jamoalardagi futbolchilar haqida gapirmayman, De Xea "Real" futbolchisi emas. Bizda bor darvozabonlardan ko'nglim to'q. Pacheko yoki Rubin Yanes uchinchi darvozabon bo'ladi, chunki bizda Keylor Navas va Kiko Kasilya bor. Ular bizning posbonlar" - deydi Benites.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com