Radulovich jamoasi 4-o'rinda bormoqda

Narzulla Saydullayev
12 fev 2015, 11:03
Bizga yaxshi tanish bo'lgan murabbiy Miodrag Radulovich ayni paytda Quvaytning "Al Jahra" klubini boshqarayotgani haqida ma'lum qilgandik.
Uning jamoasi 14 o'yindan keyin 30 ochko to'plagan holda 4-pog'onada bormoqda. Ivan Nagaev o'ynayotgan "Al Qadsiya" esa ikki ochko ko'p jamg'argan. Peshqadam "Al Arabi" hisobida 35 ochko mavjud. Ko'rfaz klublari chempionatida "Jahra" 1-turda Bahraynning "Ist Riffa" klubini mehmonda 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia