Raboning agentlari MYU va "Everton" bilan muzokara o'tkazishmoqda

2 iyun 2019, 21:20
PSJ yarim himoyachisi Adrien Rabo faoliyatini Angliyada davom ettirish ehtimoli bor.

24 yoshli francyailikning agentlari bir qancha klublar bilan muzokara o'tkazishmoqda.  Ularning orasida "Manchester Yunayted" hamda "Everton" jamoalari ham bor.

1 iyul kuni Rabo erkin agentga aylanadi. U PSJ bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgani uchun dekabr oyidan beri o'ynamaydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/JulienMaynard