Raboga APLdan yana bir da'vogar paydo bo'ldi

Alisher
14 may 2020, 17:07
"Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Rabo faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, 25 yoshli xavbekning xizmatlariga "Nyukasl" klubi qiziqish bildirmoqda. O'yinchiga shuningdek "Manchester Yunayted" va "Everton" klublari ham befarq emas.

Qayd etish kerakki, "Yuventus" Raboni yaqin transferlar oynasida sotishga tayyor.

Fransiyalik futbolchi joriy mavsum "Yuventus" libosida A Seriyada 17ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport