Rabo Ronaldu bilan bir jamoada o'ynashi mumkin

Mirjalol Normatov
22 iyul 2018
PSJ yarim himoyachisi Adrien Rabo "Yuventus" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Bu haqda "Tuttosport" xabar bermoqda. Futbolchining jamoa bilan shartnomasi bir yildan keyin yakuniga etadi. "Yuventus" Rabo uchun "Barselona"dan ko'ra ko'proq mablag' taklif qilmoqchi.

Fransiyalik futbolchi "Yuventus"ga o'tmasa, Turin superklubi Pogba yoki Milinkovich-Savichni jamoaga olib kelmoqchi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport