Rabo "Barselona"ga o'tmoqchi

Aslanov Jasurbek
20 noya 2018, 14:31
Yozda PSJ bilan shartnomasi yakunlanadigan yarim himoyachi Adrien Rabo "Barselona"ga o'tmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ko'k-anorranglilar rahbariyati futbolchi yaqinlari bilan muloqot qilib, muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishonch hosil qildi. Rabo ham "Barselona" o'tmoqchi ekanligini bildirdi. Ayni damda tomonlar muzokaralar o'tkazilmayapti. Futbolchi 1 yanvardan boshlab boshqa klublar bilan muloqot qilishi mumkin.

Oldinroq, Raboga "Manchester Siti" va "Yuventus" qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo